DEV Community

Cover image for Algoritmga Kirish va Asosiy Tushunchalar
islomAli99
islomAli99

Posted on

Algoritmga Kirish va Asosiy Tushunchalar

  1. Algoritm Nima?
    Algoritm - bu muammoni yechish uchun bajarilishi kerak bo'lgan aniq qadamlar to'plami. Oddiy qilib aytganda, algoritm bu maqsadga erishish uchun ketma-ket bajariladigan ko'rsatmalardir. Masalan, nonvoyxonadan non sotib olish uchun quyidagi qadamlarni bajarish mumkin:

  2. Uy eshigini ochish.

  3. Nonvoyxonaga borish.

  4. Navbatga turish.

  5. Nonni sotib olish.

  6. Uyga qaytish.

Har bir qadam muayyan ishni bajarishga yordam beradi va natijada kerakli maqsadga erishiladi.

  1. Algoritmlarning Hayotimizdagi Roli Biz kundalik hayotda ham turli algoritmlardan foydalanamiz, masalan:
  • Uyqudan turishdan boshlab maktabga borish jarayoni.
  • Ovqat pishirish uchun retseptga rioya qilish.
  • Ma'lumot qidirish uchun internetdan foydalanish. Ushbu jarayonlarning barchasi aniq qadamlar ketma-ketligidan iborat.
  1. Algoritmlashning Muhimligi Algoritmlash muammolarni samarali echishda muhim rol o'ynaydi. Dasturlashda biz katta va murakkab muammolarni kichik, boshqarilishi oson bo'lgan qismchalarga bo'lib yechish uchun algoritmlardan foydalanamiz. Samarali algoritm:
  • Tez ishlaydi.
  • Kam resurslar sarflaydi (xotira va protsessor vaqti).
  • Ishonchli va oson o'zgartiriladigan bo'ladi.
  1. Algoritmning Asosiy Qismlari Algoritmlar bir necha asosiy qismlardan tashkil topadi:
  • Bosqichlar: Algoritmdagi har bir qadam. Har bir qadam aniq va tushunarli bo'lishi kerak.
  • Shartlar: Ba'zi hollarda muayyan qadamlarni bajarishdan oldin shartni tekshirish kerak bo'ladi. Masalan, non olishdan oldin nonvoyxona ochiqmi yoki yo'qligini tekshirish.
  • Sikllar: Ba'zi amallarni bir necha marta takrorlash kerak bo'lganda sikllardan foydalaniladi. Masalan, matematik hisob-kitoblarni qayta-qayta bajarish.
  • Maqsad: Algoritmning oxirgi maqsadi yoki natijasi. Bu har doim aniq bo'lishi kerak.
  1. Algoritmlarning Tasvirlanishi Algoritmlarni tasvirlashning bir nechta usullari mavjud:
  • Psevdo Kod: Oddiy tilda yozilgan kodga o'xshash ko'rsatmalar. Bu dasturlash tilida kod yozishdan oldin algoritmni tasvirlash uchun ishlatiladi.
  • Blok-Sxemalar: Algoritmning har bir qadamini grafik shaklda ifodalash. Blok-sxemalar orqali algoritmning qadamlarini oson tushunish mumkin.
  1. Misol - Oddiy Algoritm Foydalanuvchidan ikki sonni kiritib, ularning yig'indisini chiqaruvchi oddiy algoritmni ko'rib chiqamiz:

Algoritm Qadamlar:

  1. Foydalanuvchidan birinchi sonni kiritishni so'rash.
  2. Foydalanuchidan ikkinchi sonni kiritishni so'rash.
  3. Ikkala sonni qo'shish.
  4. Natijani ekranga chiqarish.
#include <iostream>

using namespace std;

int main()
{
  int son1, son2;

  cout << "Enter the first number: ";
  cin >> son1;

  cout << "Enter the second number: ";
  cin >> son2;

  int result = son1 + son2;
  cout << "The result of two number: " << result << endl;

   return 0;
}

Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
using System;

class Program
{
    static void Main()
    {
        // Foydalanuvchidan birinchi sonni kiritishni so'rash
        Console.Write("Birinchi sonni kiriting: ");
        int son1 = int.Parse(Console.ReadLine());

        // Foydalanuvchidan ikkinchi sonni kiritishni so'rash
        Console.Write("Ikkinchi sonni kiriting: ");
        int son2 = int.Parse(Console.ReadLine());

        // Ikkala sonni qo'shish
        int yigindi = son1 + son2;

        // Natijani ekranga chiqarish
        Console.WriteLine("Sonlar yig'indisi: " + yigindi);
    }
}

Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Bu algoritmning oddiy misoli bo'lib, undan qanday qilib qadamlarni ketma-ket bajarib, muammoni echish mumkinligini ko'rishimiz mumkin.

Top comments (0)