DEV Community

Cover image for C++ Izoh.
islomAli99
islomAli99

Posted on

C++ Izoh.

Assalamu aleykum hurmatli dasturchi bugun C++ dastrulash tilida izoh qoldirish haqida gaplashib olamiz! Boshlashdan oldin biz nima uchun Izoh dan foydalanishimiz kerak ekanligini bilib olishimiz zarur hisoblanadi. Shuni esda saqlab qoling. Izoh lar ochiq va yopiq turga bo'linadi!

C++ dasturlash tilida "//" belgidan so'ng izoh yoziladi. Bu belgi faqat bir qatorli izoh uchun amal qiladi. Bir nechta qator uchun qo'llashingiz mumkin. Buning uchun "//" ni har bir qatorda qo'lashingiz zarur bo'ladi.

Misol uchun::

// Bu izoh uchun yozildi.
// Ikkinchi qator izoh uchun yozilda.
cout << "Hello World";
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

C++ dasturlash tilida operator oxirida ham izoh sifatida yozib ketsak bo'ladi.

Misol uchun::

cout << "Salom Dunyo"; // Bu izoh (Chiqarish operatori)
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

C++ dasturlash tilida ko'p qatorli izoh.

Ko'p qatorli sharhlar bilan boshlanadi /* va tugaydi */.

Yozilgan kod o'rtasida /* bo'lgan barcha matn yoki operatorlar */ e'tiborsiz qoldirladi.

Misol uchun::

/* Bu izoh uchun yozilgan bo'lib
bir nechta qator uchun amal qiladi*/
cout << "Izoh qoldirishni o'rgandik";
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Ochiq Izoh - Bu foydalanuvchiga ko'rinib turadigon izohlar sirasiga kiradi.Masalan Tizimga kirish vaqtida sizning login parolingizni to'gri yoki notug'ri ekanligini bildiruvchi xabarni misol keltirishimiz mumkin!

Yopiq Izoh - Bu dasturchilar o'rtasida qayta tushuntirish uchun hojat qolmasligi uchun dastur qismiga sharx sifatida qoldiriladigon izohlar hisoblanadi!

Izoh o'zi nima uchun qo'llaniladi?

  1. Izoh C++ dasturlash tilini kodini tushuntirish uchun qo'llash mumkin!
  2. Kodni o'qilishi uchun sharxlardan foydalanish mumkin.
  3. Jamoa bo'lib ishlagan vaqtda kodingizni qayta jamoangizga tushuntirish zarur emas! chunki izoh qoldirib bir yo'la yozgan kodingizni tushuntirhis imkoniyatiga ega bo'lasiz!

Odatda, biz // qisqa ya'ni bir qatorli sharh uchun va /* */ bir yoki bir nechta qatorli sharhlar uchun foydalanamiz.

Top comments (3)

Collapse
 
_bkeren profile image
'' • Edited

Salom,

Yaxshiroq ko'rinish uchun kod parchalarida kod formatlashdan foydalanishingiz mumkin.

Collapse
 
islomali99 profile image
islomAli99

Assalamu aleykum, rahmat kotta.

Collapse
 
zafar7709 profile image
zafar7709

Ok