string
va maxsus belgilar
Avvalgi postimizda yozganimizdek, C++ tilida tekstlar string deb ataladi va qo'shtirnoq ichida " "
orasida yoziladi.
cout << "Salom Dunyo" << endl;
1.\
- escape character
- ushbu belgi string/tekst ichida maxsus komandalar/belgilar yozish uchun ishlatiladi.
string ichida yozish mumkin bo'lmagan ba'zi belgilar mavjud. Masalan: U "zo'r" bola.
deb chop etish uchun C++ da "U "zo'r" bola."
deb yozish xatolik beradi. BUnga sabab string ichida " belgisi ishlatsa, string tugaganini anglatadi.
string ichida shunga o'xshash ta'qiqlangan belgilarni yozish uchun \
ishlatiladi.
cout << "U \"zo'r\" bola." << endl;
\
belgisini o'zini chop etish uchun nima qilamiz ?
\\
qilib yoziladi
cout << "Bugun \\ belgisini asl kuchini ko'rdik!" << endl;
----------natija-----------
Bugun \ belgisini asl kuchini ko'rdik!
2.\n
- yangi qator
- ushbu maxsus belgi string register ichiga yozilsa, shu
string
ni chop etishda \n bor joydan boshlab keyingi qator o'tib ketadi.
cout << "Salom\nDunyo" << endl;
--------------natija-------------
Salom
Dunyo
-
\t
- Tab (tabulation)
-
string
ichiga yozilganda tekst ichiga TAB bo'sh joy chop etadi
cout << "olma\tanor\tbexi" << endl;
------------natija-----------
olma anor bexi
-
\r
- carriage return
- chop etilayotgan qatorda kursorni qator boshiga olib keladi. Yana chop etishda davom etilsa avval yozilgan tekstlarni o'chirib ustiga yozib yuboradi.
cout << "Github 'vashshe' malades \rIlmhub" << endl;
----------natija--------
Ilmhub 'vashshe' malades
Top comments (0)