C# tilida massivlar bir xil turdagi bir nechta elementlarni saqlash uchun ishlatiladi. Ular bir nechta o'lchovlarga ega bo'lishi mumkin, masalan, 2D va 3D massivlar. Ushbu postda biz C# da 2D va 3D massivlarni qanday e'lon qilish, qiymatlarni berish va ulardan foydalanishni o'rganamiz.
2D Massiv nima?
2D massiv bu qatorlar va ustunlar shaklidagi jadval yoki matritsaga o'xshaydi. Massivdagi har bir elementga ikkita indeks yordamida murojaat qilinadi: biri qator uchun, ikkinchisi ustun uchun.
- C# tilida 2D Massivni e'lon qilish.
int[,] array2D = new int[3, 3];
Bu kod 3x3 o'lchamli 2D massivni e'lon qiladi. Barcha elementlar dastlab 0 ga teng bo'ladi.
2D Massivni boshlang'ich qiymatlar bilan to'ldirish:
Siz 2D massivni ma'lum qiymatlar bilan ham to'ldirishingiz mumkin:
int[,] array2D = new int[,]
{
{ 1, 2, 3 },
{ 4, 5, 6 },
{ 7, 8, 9 }
};
Bu 3x3 matritsani aniq qiymatlar bilan yaratadi.
2D Massivdagi elementlarga murojaat qilish:
Massivdagi elementga ikki indeks orqali murojaat qilish yoki uni o'zgartirish mumkin:
int qiymat = array2D[1, 1]; // 1-qatordagi, 1-ustundagi qiymatga murojaat qiladi (qiymati 5)
array2D[2, 0] = 10; // 2-qator, 0-ustundagi qiymatni 10 ga o'zgartiradi
2D Massivga kirish(access):
2D massivdagi barcha elementlarni ko'rib chiqish uchun ichma-ich sikllardan(loop) foydalaniladi:
for (int i = 0; i < array2D.GetLength(0); i++) // Qatorlar bo'ylab yuramiz
{
for (int j = 0; j < array2D.GetLength(1); j++) // Ustunlar bo'ylab yuramiz
{
Console.Write(array2D[i, j] + " ");
}
Console.WriteLine();
}
Natija:
1 2 3
4 5 6
7 8 9
2. C# tilida 3D massiv haqida tushuncha
3D massiv bu qatorlar va ustunlarga yana bir o'lcham qo'shilgan matritsalar to'plami kabidir. Har bir elementga uchta indeks orqali murojaat qilinadi: biri chuqurlik(qatlam), biri qator va biri ustun uchun.
3D Massivni e'lon qilish
int[,,] array3D = new int[2, 2, 3];
Bu kod 2 ta qatlamli 3D massivni e'lon qiladi. Har bir qatlamda 2 ta qator va 3 ta ustun mavjud. Barcha elementlar 0 ga teng.
3D Massivni boshlang'ich qiymatlar bilan to'ldirish:
int[,,] array3D = new int[,,]
{
{ { 1, 2, 3 }, { 4, 5, 6 } },
{ { 7, 8, 9 }, { 10, 11, 12 } }
};
Bu kod ikki qatlamli 3D massiv yaratadi, har bir qatlam 2x3 o'lchamdagi matritsalardan tashkil topgan.Ya'ni 2ta qatlam(1-qatlam:{ { 1, 2, 3 }, { 4, 5, 6 } } 2-qatlam:{ { 7, 8, 9 }, { 10, 11, 12 } })da 2ta qator va 3ta ustun bor.
3D Massivdagi elementlarga murojaat qilish:
Uchta indeks yordamida massivdagi elementlarga murojaat qilish yoki ularni o'zgartirish mumkin:
int qiymat = array3D[0, 1, 2]; // 0-qatlam, 1-qator, 2-ustundagi elementga murojaat qiladi (qiymati 6)
array3D[1, 0, 0] = 20; // 1-qatlam, 0-qator, 0-ustundagi elementni 20 ga o'zgartiradi
3D Massivga kirish(access):
Barcha elementlarni ko'rib chiqish uchun uchta ichma-ich sikllardan(loop) foydalaniladi:
for (int i = 0; i < array3D.GetLength(0); i++) // Qatlamlar bo'ylab yuramiz
{
for (int j = 0; j < array3D.GetLength(1); j++) // Qatorlar bo'ylab yuramiz
{
for (int k = 0; k < array3D.GetLength(2); k++) // Ustunlar bo'ylab yuramiz
{
Console.Write(array3D[i, j, k] + " ");
}
Console.WriteLine();
}
Console.WriteLine();
}
Natija:
1 2 3
4 5 6
7 8 9
10 11 12
Xulosa:
C# tilida 2D massivlar jadval shaklidagi ma'lumotlarni saqlash uchun ishlatilinadi, 3D massivlar esa bu tushunchani yana bir o'lchamga kengaytiradi. Bu esa murakkabroq ma'lumot tuzilmalarini boshqarishda ko'proq moslashuvchanlikni ta'minlaydi.
Top comments (0)