DEV Community

Kuronboy Yakubov
Kuronboy Yakubov

Posted on

C# da ratsional sonlar bilan ishlovchi (float, double, decimal) ma'lumot turlari

Assalomu alaykum. C# dasturlash tilida ratsional (kasr) sonlarni saqlash uchun quyidagi ma'lumot turlaridan foydalanamiz:

  1. float (4 bayt);
  2. double (8 bayt);
  3. decimal (16 bayt).

float turidagi o'zgaruvchini e'lon qilish:

float myFloat = 1.2656f;

float ma'lumot turi sonning butun qismidan keyin ~6-9 ta raqam aniqligida ma'lumotni ifoda etadi. Buni quyidagi misol orqali ko'rishimiz mumkin:

float myFloat = 1.777777777f;
Console.Write(myFloat);
// natija 1.777778

double turidagi o'zgaruvchini e'lon qilish:

double myDouble = 1.7848;

double ma'lumot turi sonning butun qismidan keyin ~15–17 ta raqam aniqligida ma'lumotni ifoda etadi. Buni quyidagi misol orqali ko'rishimiz mumkin:

double myDouble = 1.7777777777777777777777777;
Console.Write(myDouble);
// natija 1.77777777777778

decimal turidagi o'zgaruvchini e'lon qilish:

decimal myDecimal = 1.98m;

decimal ma'lumot turi sonning butun qismidan keyin ~28–29 ta raqam aniqligida ma'lumotni ifoda etadi. Buni quyidagi misol orqali ko'rishimiz mumkin:

decimal myDecimal = 1.77777777777777777777777777777777777m;
Console.Write(myDecimal);
// natija 1.7777777777777777777777777778

Davomi bor...

Top comments (0)