if da shart berishda assignment operatorini ishlatish mumkin emas (=). Uning o'rniga
==
qo'llaniladi.
Syntax
if(expression)
{
statement 1;
}
if - so'zi ingliz tilida agar deb tarjima qilinadi va deyarli barcha dasturlash tillarida shartlarni tekshirish uchun foydalaniladi.
Agar if ning sharti true(to'g'ri) bo'lsa if ning scope(hudud)iga kiradi, yo'qsa if ning hududiga kirmastan boshqa pastdagi buyruqlar va operatorlarni bajaradi.
#include <iostream>
using namespace std;
int main()
{
int son;
cin >> son;
if(son > 0)
{
cout << "Musbat son" << endl;
}
cout << "Tugadi" << endl;
return 0;
}
Agar son noldan katta bo'lsa unda quyidagicha yozuv chiqadi:
Musbat son
Tugadi
Agar aksincha bo'lsa:
Tugadi
Top comments (0)