DEV Community

Cover image for O'ZGARUVCHILAR VA MA'LUMOT TURLARI
madina1575
madina1575

Posted on • Edited on

O'ZGARUVCHILAR VA MA'LUMOT TURLARI

Salom!!!
Bugun o'zgaruvchilar va ma'lumot turlari, ular bir - birisiz tushunish qiyin bo'lgani uchun ma'lumotlarni zanjir uslubida qabul qilasiz degan umiddaman!

O'zgaruvchi

  • kompyuter xotirasida ma'lum bir qiymatni saqlash uchun ishlatiladi.

Ma'lumot turlari

  • o'zgaruvchi oldidan yoziladi va o'zgaruvchilarning qanday turiga tegishli ekanligini anglatadi.

Mavzularni davom etishdan oldin bu terminlarni tushunmaydigan do'stlarimizga ham biroz tushuncha bersak:

O'zgaruvchini biror bir quti deb tasavvur qilsak, uning ichiga nima sig'ishini, nima solish mumkinligini uning hajmidan, ko'rinishidan bilsak bo'ladi. Aynan ko'rinishi va hajmini haqiqiy hayotda ko'zimiz bilan aniqlasak, c++ dasturlash tilida biz ma'lumot turlaridan bilsak bo'ladi! Ha, aytgancha o'zgaruvchilar nega aynan qutiga o'xshaydi desangiz quti ichiga ham biror bir narsangizni solib, saqlab qo'ya olasiz, xoh u ruchkadek kichik bo'lsin, xoh kitobdek qalin!

Image description

Endi ma'lumot turlarining xilma - hilligini ko'rib chiqamiz:

1 - chisi aynan butun sonlar uchun ishlatiladi hotiradan oladigan hajmiga ko'ra 4 xil bo'ladi:
1.integer => int deb yoziladi. => 4 byte => 32 bit
2.long. => 8 byte => 64 bit
3.long int. => 8 byte => 64 bit
4.long long. => 16 byte => 128 bit

2 - chisi esa kasr sonlar uchun ishlatiladi:
1.float => 4 byte => 32 bit
2.double => 8 byte => 64 bit
3.long double =>

3 - chisi bo'lsa tekst va matnlar uchun ishlatiladi:
1.string => 32 byte => 256 bit

4 - chisi belgilar uchun ishlatiladi:
1.char => 1 byte => 8 bit

O'zgaruvchilar va ma'lumot turlari bir-biriga bog'liqligi ularning birga e'lon qilinishiga bog'liq.

Image description

O'zgaruvchilarni e'lon qilish ingliz tilida - DECLARATION deb aytiladi.

int son;
float kasrson;
string ism;
char belgi;
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Mavzu boshida aytganimizday o'zgaruvchilarga qiymat berish, saqlash mumkin. Uning 2 xil usuli bor:

1-chisi. O'zgaruvchini e'lon qilib pastgi qatordan qiymat berish mumkin.

int son;
son = 10;
string ism;
ism = "Sarvar";
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

2-chisi. O'zgaruvchi e'lon qilingan qatorda qiymat berilishi.Bu holat ingliz tilida INITIALIZATION deb aytiladi.

float kasrson = 1.4;
char belgi = '+';
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Agar biror bir kamchilik bo'lsa o'zingiz to'ldiring!

Top comments (1)

Collapse
 
islomali99 profile image
islomAli99

Cool