Ushbu maqolada SSH kaliti yo'q bo'lsa yangisini ochish va bor bo'lsa Github.com profilimizga qo'shishni ko'rib chiqamiz.
1-bosqich Kompyuterda SSH bormi yoki yo'qmi tekshirish
- Kompyuterimizda Git Bash'ni ochamiz.
-
ls -al ~/.ssh
mana shu komandani kiritamiz. - Agarda sizning kompyuteringizda allaqachon SSH key bo'lsa quyidagi fayllardan biri bo'ladi:
id_rsa.pub
id_ecsda.pub
id_ed25519.pub
Agarda sizda ushbu fayllardan biri bo'lsa, 4-bosqichga o'tib ketavering! Agarda bo'lmasa, hozir 2 va 3 chi bosqichlarda yangisini ochishni o'rganamiz.
2-bosqich Kompyuterda yangi SSH ochish
- Git Bash'ni ochamiz
-
ssh-keygen -t ed25519 -C "your_email@example.com"
mana shu komandani kiritamiz. > Qo'shtirnoq ichiga Github profilingiz ulangan pochta manzilini kiritasiz. (qo'shtirnoq olib tashlanmaydi) - SSH'ni saqlash uchun fayl so'raydi. Default holatda berilgan faylga saqlash uchun shunchaki enter'ni bosishingiz kifoya.
- Ana endi "Enter passphrase" so'raydi ya'ni kod. Esingizda qoladigan kodni kiritasiz
- Va kiritgan kodingizni yana bir bor kiritasiz.
3-bosqich SSH'ni ssh-agent'ga qo'shish
- PowerShell'ni ochamiz.
- ssh-add c:/Users/YOU/.ssh/id_ed25519 mana shu komandani kiritamiz
Users va YOU degan joyga o'zingizning kompyuteringizdagi fayl nomlarini kiritishingiz esingizdan chiqmasin!
4-bosqich Github.com'ga kirib SSH ni qo'shish
- PowerShell'ni ochamiz
- cd .ssh qilib SSH joylashgan faylga kiramiz
- code . qilib VS Code'da ochib olamiz
- Kirib .pub bilan tugagan faylga kiramiz va nima bor bo'lsa ushani ko'chirib olamiz (oxirida sizning Github'ga ulangan pochta manzilingiz bo'lishi kerak)
- Github.com'ga kiramiz va settings qismiga o'tib SSH and GPG keys bo'limiga kiramiz
- NEW SSH key'ni bosamiz
- Title degan joyga SSH uchun nom beramiz, masalan Muhammad's SSH Key
- Key degan joyga .pub bilan tugagan fayldan olgan uzuuun yozuvimizni paste qilamiz
- Add SSH key'ni bosamiz
- Sizdan github profilingizning parolini so'rashi mumkin, uni kiritamiz
Tabriklayman, siz SSH'ni muvaffaqiyatli qo'shdingiz!
Xurmat bilan,
Muhammad Khodjaev
Top comments (0)