DEV Community

Munisa Kuranbekova
Munisa Kuranbekova

Posted on • Updated on

Setfill va setw haqida

Bu safargi post c++ dasturlash tilidagi setw va setfill buyruqlari haqida bo'ladi.
Setw va setfill buyruqlaridan foydalanish uchun <iomanip>kutubxonasidan foydalanish zarur.
Setw - cout << setw(x); buyrug'i yozilsa consoledan x ta joy ajratiladi . Misol uchun x ning o'rniga 8 yozsak consoledan 8 ta joy ajratiladi. Setw asosan setfill bilan ishlatiladi.
Setfill - cout << setfill(x); buyrug'i berilsa , bo'sh joylar x belgisi bilan to'ldiriladi. Kod bilan tushuntiradigan bo'lsak:

  #include <iostream>

using namespace std;

int main()
{

int son = 10;

cout << setw(5) << setfill('#') <<  son << endl;

  return 0;
}

Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

shu kodni run qiladigan bo'lsak
###10 chop etiladi. Yuqorida biz setw(5) deb yozdik va consolega 5 ta joy ajratildi va setfill(10) deb buyruq berganimizda oxirida 10 raqami yozilib , qolgan bo'sh joylar '#' belgisi bilan to'ldirildi.

Top comments (0)