DEV Community

Nuriddin Aliy
Nuriddin Aliy

Posted on

Dasturlashni amaliyot (project) bilan o'rganing.

Dasturlashni o'rganishdagi xatolar va manbalar haqida so'z yuritamiz.

Assalomu alaykum. Biz hozirda ma'lumotlar to'la va ularni olish juda oson bo'lgan davrda yashayapmiz.Buning o'ziga yarasha foydali va zararli tomonlari bor.

Oldinlarni odamlar ma'lumot kamligi uchun har qanday manbadan  bilimlarni e'tibor bilan olishgan.Hatto u manbani keyinchalik topolmasliklarni o'ylab yozib qo'yishgan yoki yodlab olishgan.

Shuningdek zamonaviy texnologiyalar bo'lmagani tufayli ham oldinlari ilm olish mashaqqat va og'ir bo'lgan.

U holat  haqida hamma  o'qigan bo'lsa kerak.

Hozir ham mashaqqat bor albatta lekin ko'rinishi oldingi davrlardan boshqacharoq :

  • oldinlari malumot kamligidan va uni olish qiyinligidan qiynalishgan bo'lishsa, hozir uni ko'pligidan nimani qachon o'rganishni bilmay qiynalishadi;

- oldinlari ilmlar sodda bo'lgan, hozir esa ancha rivolangan, shunga yarasha bir sohani egallash ancha ko'proq vaqt va mehnat talab qiladi;

  • oldinlari ilm olish narxi bepul yoki ancha arzon bo'lgan, hozir uning jihozlari ham ancha qimmat ba'zi sohalarda albatta.

Biz bugun shulardan birinchisiga va dasturlash sohasida chiroyli yechim berishga harakat qilamiz.

Ma'lumki hozir raqamlashtirish sohasi rivojlandi va dasturlash ham.

Uni o'rganishda bizda juda ko'pchilik videodarslardan foydalanadi va bu juda yaxshi usul deb hisoblayman, lekin qo'shimcha qilish joizki amaliy tomonni ya'ni proyekt qilishni ko'pchilik e'tiborsiz qoldiradi va oxir oqibat o'rganganlarini kezi kelganda amaliyotta qo'llay olmay qoladi.

Ya'ni kam kod yozgani va amaliy mashqlarni qilmagani  uchun qo'li va miyasi kod yozishga o'rganmaydi, ya'ni dasturlashni o'rganmaydi aniqrog'i o'rganolmaydi.

Buning yechimi sizni kimdir tekshirib mashq qildirishi kod yozdirishi kerak.Ustoz yo'q bo'lsachi? 

Topish kerak. Online bo'lsa ham, mayli tirik bo'lmasin, dasturlangan ustoz bo'lsin.

Bunday xususiyatga ega bo'lgan  platformalar ingliz tilida talaygina.

Googlega learning java yoki learning ... deb turib ... o'rniga dasturlash tilini yozsangiz talaygina chiqadi.

Shaxsan hyperskill.org ni me proyektga asoslangan o'rganish uchun tavsiya qilmoqchi edim.

Unda qiyinlik darajasi har xil bo'lgan qiziqarli projectlar qilib o'rganish mumkin.

Oldinlari referral linkidan ro'yhattan o'tsa uchun 6 oy tekin o'rgansa bo'lar edi.

Afsus hozir uni yo'q qilishibdi lekin baribir siz uni premium versiyasini 1 oyga tekin olishingiz mumkin ekan.

Yaxshisi shunday platformalarni o'zim foydalanganlarni sanab o'taman:

https://www.codecademy.com/ - bu ham juda yaxshi platforma boshlovchilar uchun.

O'rganishingiz mumkin bo'lgan sohalar tillari : deyarli hamma sohalar bor ekan.Cubersecurity dan tortib ai gacha. 

Asosiy urg'uni MERN(MongoDB, Express, React, Node) ga qaratishgan adashmasam.

https://www.sololearn.com/  - Boshlovchilar uchun ajoyib platforma men shundan boshlaganman. 

Hatto smartphonda ham o'rgansa bo'ladi bu platforma orqali.

Men o'zim ishlatganlarimni sanadim xolos, agar siz ham bundan boshqa platformlarni ishlatib ko'rgan va sizgan yoqqan takliflar bo'lsa komentlarda yozib qoldiring.

E'tibor uchun rahmat.

Top comments (0)