DEV Community

Ozodbek
Ozodbek

Posted on

Github va Git haqida

Ishda yoki biror loyihada birga ishlash uchun Git va Githubdan foydalanish kerak.
S: Codelaringizni nazorat qilmoqchimisiz ?
J: Git va Githubdan foydalaning.
S: Version controll qilmoqchimisiz ?
J: Git va Githubdan foydalaning.
S: Yaxshi dasturchi bo'lmoqchimisiz ?
J: Git va Githubdan foydalaning.

Git va Github 21 asrning eng kattay texnologiyalardan bir deb aytsak ham bo'laveradi(qo'rqmasdan). Hozirgi siz ishlatadigan, yani katta dasturlar Codelari Git va Github orqali nazorat qilinadi.

Tarif: Git-Github bu source controll { Git + Github = 💪 }

Endi savol tug'ilishi mumkin | Git nima o'zi (yesa bo'ladimi) ?

Git
Git - bu, siz tuzayotgan dasturlarning fayllarini aqliy ravishda kuzatib boruvchi boshqaruv tizimi! Ayniqsa siz Git texnologiyasi orqali, bir dastur ustida bir necha kishi bo'lib, jamoaviy ishlashingiz mumkin(Github platformasi orqali albatta). Hali chuqur kirishmaymiz, chunki Github haqida ham tushuncha olishingiz kerak halii...

Github nima ?
Github bu - Cloudga asoslangan platforma bo'lib, u yerda siz yozgan codelaringizni - almashtirish, ulashish, saqlash va ommaga taqdim etishingiz mumkin...
Misol uchun bir dastur tuzishga kirishdingiz va deyarli 90% ni bitirdingiz. To'satdan Computeringiz portlab ketdi yoki o'g'irlab ketishdi. Yokida Filellarni desktopdan o'chirib yubordingiz(Hazillarni ham yorvoramana 😆). U paytda siz Codelarni Githubga joylagan bo'lsangiz boshqa Laptop orqali davomidan ishlashingiz mumkin. Lekin Githubga qo'ymaagan bo'lsangiz....☠️

Maqola oxirida: Githubga register qilish haqida tushuncha berib o'tmoqchiman...

1 - Istalgan browser orqali Github.com saytiga o'ting.
2 - Githubga kirgandan keyin, yuqorida sign up | sign indegan ikki yo'l bo'ladi. Agar Githubda yangi bo'lsangiz sign up orqali register qilishni boshlaysiz, hammasi oson va tez. telefon raqam, ism-familya, username github uchun, va bir ikki so'rovlarga javob berasiz xolos. Hammasis oddiy. Agarda Github accountingiz bo'lsa(oldingi accountingiz) sign in orqali username and passwordni kiritib ishlayverasiz..

*Gitni o'rnatish qanday ? *

Gitni o'natish uchun istalgan browser orqali Git saytiga o'ting. Download tugmasini bosib o'zingizning Computeringiz xususiyatlariga mos ravishda yuklab oling. Hammasi oson.
Terminal orqali ham o'rnatish mumkin:

winget install --id Git.Git -e --source winget
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

shunchaki ushbu commandni tering va sizda git yuklanishni boshlaydi.

Top comments (0)