DEV Community

Sherzod5048
Sherzod5048

Posted on

C++ da cin (kiritish) operatori

C++ dasturlash tilida foydalanuvchi tomonidan ma'lumotlarni qo'lda klaviatura orqali kiritish imkonini yaratish buyrugi cin (cin - console input) operatori orqali yaratiladi:

1   // Sherzod Jumayev
2   // 13.09.2022
3   // cin - operatori
4
5   #include <iostream>
6   using namespace std;
7   
8   int main(){
9       string ism;
10
11      cout << "Ismingizni kiriting: ";
12      cin >> ism;
13
14      cout << "Sizning ismingiz " + ism;
15
16      return 0;
17      }
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Bu kodda 11-qatorda biz avval bilib olgan cout operatori orqali foydalanuvchidan ismini kiritishini surayapmiz va 12-qatorda cin operatori orqali consoleda foydalanuvchi uchun ma'lumot kiritish imkonini yaratib beryapmiz.14-qatorda esa foylanuvchi kiritgan ma'lumot orqali uning ismi kimligini chiqarib beryapmiz.

Ushbu kodni toliq tushunadigan bolsak C++ dasturlash tilida 1-, 2-, 3- qatorlar sharxlar hisoblanadi.
4-, 7-, 10-, 13-, 15- qatorlar bo'sh satrlar va bu satrlar kodni tezroq o'qishni,kodni osonroq tushunishni imkoni beradi.
5-qatorda ma'lumotlarni kiritish va chiqarishni imkonini yaratish uchun #include kutubxonasi qoshayapmiz.
6-qatorda using namespace std; standart nomlar fazosini e'lon qilyapmiz.
7-qatorda int main() esa har bir dastur ega bo'lishi kerak bo'lgan asosiy funksiyalarni, algoritmlarni o'z ichiga oluvchi main qismi kirityapmiz.
9-qatorda o'zgaruvchi string ism; e'lon qilayapmiz
11-qatorda cout << "Ismingizni kiriting: "; consoleda ma'lumot chiqarayapmiz.
12-qatorda cin >> ism; consolda ma'lumot kiritish imkonini yaratayapmiz.
14-qatorda cout << "Sizning ismingiz " + ism; foydalanuvchi kiritgan ma'lumot orqali consolega ma'lumotlarni chiqarayapmiz.
16-qatorda return 0; orqali kodni 1 marotaba qaytarilishini ta'minlab dasturni muaffaqqiyatli yakunlayapmiz.

Ozgaruvchilar (variables)

O'zgaruvchi - xotiraning nomlangan qismi bo'lib, o'zida ma'lum bir toifadagi ma'lumotni yoki ma'lumotlarni saqlaydi.O'zgaruvchining nomi orqali xotiraning qiymat saqlayotgan qismiga murojaat qilamiz.Programmamiz ishlash jarayonida o'rgaruvchilarimizning qiymatini o'zgartirishimiza mumkun.Har qanday o'zgaruvchi ishlatishimizdan oldin uni e'lon qilishimiz kerak bo'ladi.

1   // Sherzod Jumayev
2   // 13.09.2022
3   // cin - operatori
4
5   #include <iostream>
6   using namespace std;
7   
8   int main(){
9       string ism;
10      int yosh;
11
12      cout << "Ismingizni kiriting: ";
13      cin >> ism;
14      cout << "Yoshingizni kiriting: ";
15      cin >> yosh;
16
17      cout << "Sizning ismingiz " + ism;
18      cout << "Yoshingiz " + yosh + " da";
19
20      return 0;
21      }
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Ushbu kodda 2 hil toifadagi o'zgaruvchilarni e'lon qilayapmiz string ism; va int yosh;.
Bu yerda string va int o'zgaruvchining ma'lumot turi hisoblanadi, ism va yosh o'zgaruvchining qiymati hisoblanadi.

string ma'lumot turi orqali biz doimo matn ko'rinishidagi o'zgaruvchilarni, int ma'lumot turi orqali biz doimo butun sonlarni va float ma'lumot turi orqali biz doimo kasr sonlarni o'zgaruvchilar sifatida saqlashimiz mumkun.Bu postda biz o'zgaruvchilarning bir nechta toifasini ko'rdik.

Top comments (0)