DEV Community

Cover image for .NET tarixi va versiyalari
Shoxjaxon1202
Shoxjaxon1202

Posted on

.NET tarixi va versiyalari

.Net bu Microsoft tomonidan ishlab chiqarilgan - Kross platforma, open source va dasturchilar uchun IOT, Mobile, Desktop, Web, Game turdagi maxsulotlar ishlab chiqish uchun bepul platforma hisoblanadi.
``

Image description

.NET tillari
Siz .NET ilovalarini ishlab chiqish uchun C#, F#, Visual Basic tillaridan foydalanishingiz mumkin.

Barcharga ma'lumki, .NET frameworklarining 3 turi hozirda faoliyatda. ".NET Framework", ".NET Core", ".NET5". Uchchala frameworkda ham SDK va Runtime bor. .NET SDK - dasturning qurilishi va ishga tushishini taminlaydi. .NET Runtime - Dasturning ishga tushishini taminlaydi xolos. Aytmoqchimanki, SDK o'zining ichiga Runtime ni ham oladi. Agar o'zining ichiga olsa nega kerak?

Barchamizga ma'lum .NET platformasida yozilgan ilovalarni ishga tushirish uchun .NET Runtime lari kerak bo'ladi. Bu sizga C++ emas. Istalgan kompyuterda ishga tushib ketaveradigan. Ya'ni Windows tizimi kompyuterga yangi o'rnatilgan paytda C++ Runtime lari bo'ladi. Shuning uchun C++ da yozilgan ilovalarni ishga tushirishda xech qanday so'rov bo'lmaydi. Mana endi sekin sekin Windowsning yangi versiyalarida .NET frameworklari ko'zga ko'rinyapti.

.Net dan foydalanish

.Net dan foydalanish uchun avvalambor biz sdk o'rnatib olishimiz kerak u bizga loyiha yaratishda ko'p qulayliklarni beradi.
Uni o'rnatish uchun brauzerga Microsoft dotnet sdk deb yozish kerak va uni versiyasini yozib oxirida download so'zini yozasiz.
Ekranda birinchi bo'lib Microsoftning o'zini afitsialniy sayti chiqadi shu saytni download bo'limi orqali kirib siz sdk ni yuklashingiz mumkin.
_
Eslatma : kompyuter razryadi 64 bo'lishi kerak 32 yoki 16 razryadli kompyuterlar orqali sdk ni o'tkazib bo'lmaydi._

.NET tarixi

NET Framework — 2002-yilda Microsoft tomonidan chiqarilgan dasturiy platformadir. Platforma turli dasturlash tillari: C#, Visual Basic .NET, J# va boshqalar uchun mos Common Language Runtime (CLR)ga asoslangan. CLR funksiyasi ushbu platformadan foydalanadigan har qanday dasturlash tilida mavjud. .NET Framework hozirda.NET sifatida rivojlanmoqda. Bu platformada koʻp dasturlarga umumiy komponentlar va optimizatsiyalangan metodlar bor.

NET Framework oʻsha paytda mashhur boʻlgan Sun Microsystems (hozirda Oracle kompaniyasiga tegishli) Java platformasiga Microsoftning javobidir.
.NET Framework Microsoft kompaniyasining oʻz mahsuloti hisoblanib, rasmiy ravishda Windows operatsion tizimlarida ishlash uchun moʻljallangan boʻlsa-da, baʼzi boshqa operatsion tizimlarda.NET Framework dasturlarini ishga tushirish imkonini beruvchi mustaqil loyihalar (birinchi navbatda Mono va Portable.NET) mavjud.

Top comments (0)