Dasturlashda ko'pincha ma'lum bir kodni bir necha marta takrorlash talab qilinadi. Bunday vazifalarni bajarish uchun tsikl operatorlari (loops) ishlatiladi. Tsikl operatorlari orqali dasturchi kodni samarali va qisqa tarzda takrorlashi mumkin. Ushbu maqolada, biz eng ko‘p ishlatiladigan tsikl operatorlari — for loop, while loop va do-while loop haqida so‘z yuritamiz.
For Loop
For tsikli ko'pincha ma'lum bir shart asosida takrorlanadigan kod blokini bajarish uchun ishlatiladi. Bu tsikl odatda, avvaldan ma'lum bo‘lgan takrorlash soni uchun ishlatiladi.
Boshlang'ich qiymat: Tsiklning boshlanishi, ya'ni birinchi qiymat.
Shart: Har bir iteratsiya (takrorlash)dan oldin tekshiriladigan shart. Agar shart true bo'lsa, tsikl davom etadi, aks holda to'xtaydi.
Yangilanish: Har bir iteratsiya tugagandan so‘ng o'zgaruvchi qiymatini yangilash.
While Loop While Tsikli
While tsikli shartni tekshirib, shart to‘g‘ri bo‘lsa, kodni qayta-qayta bajaradi. Bu tsikl ko'proq, necha marta takrorlash kerakligi noma'lum bo‘lgan holatlarda ishlatiladi.
Shartni faqat tsiklning har bir iteratsiyasida tekshiriladi.
Takrorlash soni oldindan aniqlanmagan holatlarda qo‘llaniladi.
Do-While Loop
Do-while tsikli while tsiklidan farqli o‘laroq, avval birinchi iteratsiyani bajaradi, so‘ngra shartni tekshiradi. Demak, do-while tsikli kamida bir marta bajariladi, chunki shart faqat birinchi iteratsiyadan keyin tekshiriladi.
Kamida bir marta bajarilishi kafolatlangan.
Shartni tekshirishdan oldin birinchi iteratsiya amalga oshiriladi.
Dasturlashda tsikl operatorlari (loops) juda muhim va kuchli vositadir. For tsikli ma'lum bir takrorlash soni bo'lsa samarali, while tsikli esa shart davom etgancha takrorlanadi va do-while tsikli kamida bir marta bajariladi. Har bir tsikl turi o‘zining afzalliklariga ega bo‘lib, dasturchi kodni aniq shartlarga qarab tanlashi kerak.
Top comments (0)