Shu kunlarda shogirtlarim .NET bo'yicha ish qidirishyapti. Ularni taassurotlaridan quyidagi unchali yaxshi bo'lmagan fikrlar kelmoqda.
1. Enasiyam bilmaydigan savollar berish
Junior darajadagi dasturchi odatda ish o'rganuvchi hisoblanadi. Bir yo'nalishda (aytaylik .NET) ma'lum texnologiyalar (EF Core, SOLID, REST) yordamida bir nechta loyihalarda qatnashgan bo'ladi.
Shu yoshgina junior dasturchilarda interview olayotgan "Senior" akalarimiz esa bisotlarida bor, 5+ yil davomida o'rgangan bilimlariga tayanib dunyodagi barcha texnologiyalar haqida savol berishyapti. Agar junior ularni bilmay qolsa uni kamsitish va yerga urish holatlari ham mavjud.
2. Bir oylik loyihaga 1 kun vaqt
Kichik test loyihalarda juniordan uddalab bo'lmas topshiriqlar berishyapti. Masalan, quyidagi topshiriqni oling:
Product CRUD api qilish kerak
1. .net core, Postgresql dan foydalanib
2. 3 tilda bo'lishi kerak.
3. jwt uni ulash kerak bo'ladi
4. API doc sifatida swaggerdan foydalanish kerak
Yuqoridagi topshiriq junior darajadagi dasturchiga berilgan. Axir bu yarim tayyor maxsulotku. Shuni bajarish uchun 1 kun vaqt berish qay darajada to'g'ri. Qaysi senior shuncha topshiriqni kompaniyasida bir kunda bajaradi?
3. Junior oyligiga Senior qidirish
Ko'p holatlarda kompaniyalar qo'yayotgan talablar bir necha yillik tajribaga ega dasturchilar bilishi kerak bo'lgan bilimlar. Oylik esa kulgili darajada past. Shunday odamlar ishga e'lon berishda o'zlaridan uyalishmasmikin? Bozorni ko'rgan odam biladiku u taklif qilayotgan narxga *paynet*chilar ham rozi bo'lmaydi.
Hammasi u darajada rasvo emas. Bir nechta chet-el kompaniyalari ishga olish jarayoni qanday bo'lishi kerakligini, ishchilarga qanday muomala qilish kerakligini ko'rsatib o'rnak bo'lishyapti.
Hammadan iltimos, Junior ham odam, ularni tepalayvermanglar!
Top comments (19)
Hrla ozidan ketib qoganπ
HR'lar odatda sizni Technical interviewgacha olib boradi holos. Asli sizlarni interviewdan yiqitayotganlar Engineer'lar.
ππinterview olayotganmas yiqitayotgan deb yozibsiz oziyam
π im really pissed-off deydiku
Manga shu interview ga yetib borish qiyin bolyabdi, engineerlar interviewdan yiqitsa ham mayli, kamida tajriyba va xulosa olaman
Yashang Baraka Toping
Juniorga ko'p savol berilishi o'zini sababi borda. Ish beruvchi ishga kirayotga juniorni bilim darajasini qanchaligini bilish uchun aniqroq qilib aytadigan bo'lsam qayergacha yaxshi biladi nimalarni biladi, nimlarani bilmaydi , kuchli tomoni nima kuchsiz tomoni nima shular haqida ma'lumot olish uchun qiyin savol beradi. Bu default holat.
Uning ustiga hozir dasturlashni o'qiganni 10 tasidan 8 tasini bilimi juda past.
Asosan qaysi company ga topshirishga bogliq.
Yuqoridagi interview boladigan companylar ichida qanday muhit borligini interviewdan bilib olsa boladi.
Uzini hurmat qiladigan company quyidagi hatolarga yol qoymadi deb oylayman.
To'g'ri aytasiz.
O'zbekcha bloglar ham TOP listda chiqa boshlabdi.
MashaAllah. Ilmhub IT Schoolda shuni maqsad qilganmiz. Dasturlash olamiga o'zbeklarni tanitish.
Omadingizni bersin. Lekin o'zbeklarni tanitish uchun birinchi prioritetda o'zbek tilini tanitish biroz xatomi deyman? Ingliz tilida bo'lsa ham sifatli content yaratib, author o'zbek ekanligini anglatgan yaxshiroq boshlanishiga menimcha
Inglizcha yozish shaxsan autor uchun foydali. Yangi dasturlashga kirgan ingliz tilini bilmaydiganlar naflana olmaydi
Bir tarafdan haqsiz
Facts ππ½
Algoritm menga bu maqolani chiqarib berdi. Uzbdanligimni sezib qolibdi)
Zo'r. Uzbekcha kontentlar ham chiqyapkan bo'lsa.
Yaxshi gaplar bo'libdi
Juda ham yaxshi post bo'libdi