DEV Community

Cover image for Variables | C++ Boshlang'ich
Wahid Abduhakimov
Wahid Abduhakimov

Posted on • Edited on

Variables | C++ Boshlang'ich

  • declaration - bu o'zgaruvchilar e'lon qilish
int son;
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • assignment - bu o'zgaruvchiga qiymat o'zlashtirish.
son = 25;
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • initalization - o'zgaruvchini e'lon qilish vaqtida birdaniga qiymat berish.
int boshqaSon = 24;
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

O'zgaruvchiga nom berish

O'zgaruvchilarga nom berishda ma'lum qoidalar mavjud:

  • o'zgaruvchi nomi harflar, raqamlar va underscore(_ belgisi)dan iborat bo'lishi mumkin.
  • _ belgisidan boshqa har qanday belgi ishlatish mumkin emas
  • o'zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanmaydi
  • o'zgaruvchi nomi sifatida *kalit so'zlar*dan foydalanish mumkin emas. > Masalan: int, for, char, float, double, ... kalit so'zlarga misollar
int new year;   // xato, nomda bo'sh katak ishlatish mumkin emas

int 2022year;   // xato, raqam bilan boshlash mumkin emas

int new-year;   // xato, maxsus belgilar ishlatish mumkin emas

int for;   // xato, kalit so'z 'for' ishlatish mumkin emas
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

O'zlashtirish/Assignment

  • o'zlashtirish operatori = o'zidan o'ng tomondagi qiymatni o'zidan chap tomondagi o'zgaruvchiga o'zlashtiradi, ya'ni qiymatni ko'chirib o'tkazadi.

    • = operatorining chap tomonida doimo o'zgaruvchi turishi shart.
    • = operatorining o'ng tomonida o'zgaruvchi, o'zgarmas son yoki ifoda bo'lishi mumkin
int a = 5;   // operator o'ng tomonida o'zgarmas qiymat

int b = a;   // operator o'ng tomonida o'zgaruvchi

int c = a + b; // operator o'ng tomonida ifoda

7 = a;  // xato, operator chap tomonida o'zgaruvchi turishi shart
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Zanjir ifoda

  • bir vaqtning o'zida bir nechta o'zlashtirish amallarini zanjir qilib yozish mumkin
  • har bir operator chap tarafida o'zgaruvchi turishini ta'minlash shart
  • o'zlashtirish o'ngdan chapga qarab amalga oshiriladi
int a = 10;  // a ning qiymati 10 ga teng
int b = a + 10;   // b ning qiymati 20 ga teng
int c = a + b;   // c ning qiymati 30 ga teng
int d = a + b + c;  // d ning qiymati 60 ga teng

cout << a << " " << b << " " << c << " " << d << endl;

// 10 20 30 60

a = b = c = d;
cout << a << " " << b << " " << c << " " << d << endl;
// 60 60 60 60
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Yuqoridagi a = b = c = d ifodasining ma'nosi 1. c = d -> 2. b = c -> 3. a = b ga teng.

Top comments (0)