string
va maxsus belgilar
Avvalgi postimizda yozganimizdek, C++ tilida tekstlar string
deb ataladi va qo'shtirnoq " "
orasida yoziladi.
cout << "Salom dunyo!" << endl;
1οΈβ£ \
- escape character
- ushbu belgi string/tekst ichida maxsus komandalar/belgilar yozish uchun ishlatiladi.
string ichida yozish mumkin bo'lmagan ba'zi belgilar mavjud. Masalan: U "zo'r" bola.
deb chop etish uchun C++ da "U "zo'r" bola."
deb yozish xatolik beradi. Bunga sabab string ichida " belgisi ishlatisa, string tugaganini anglatadi.
string ichida shunga o'xshash ta'qiqlangan belgilarni yozish uchun \
ishlatiladi.
cout << "U \"zo'r\" bola." << endl;
------------natija-------------
U "zo'r" bola.
\
belgisini o'zini chop etish uchun nima qilamiz π€?
\\
qilib yoziladi
cout << "Bugun \\ belgisini asl kuchini ko'rdik!" << endl;
------------natija-------------
Bugun \ belgisini asl kuchini ko'rdik!
2οΈβ£ \n
- yangi qator
- ushbu maxsus belgi string register ichiga yozilsa, shu
string
ni chop etishda \n bor joydan boshlab keyingi qator o'tib ketadi.
cout << "Salom\ndunyo" << endl;
------------natija-------------
Salom
dunyo
3οΈβ£ \t
- TAB
-
string
ichiga yozilganda tekst ichiga TAB bo'sh joy chop etadi
cout << "olma\tanor\tbexi" << endl;
------------natija-------------
olma anor bexi
4οΈβ£ \b
- backspace
- oxirgi chop etilgan belgini o'chiradi
cout << "Salom\b" << endl;
------------natija-------------
Salo
5οΈβ£ \r
- carriage return
- chop etilayotgan qatorda kursorni qator boshiga olib keladi. Yana chop etishda davom etilsa avval yozilgan tekstlarni o'chirib ustiga yozib yuboradi
cout << "Github 'vashshe' malades π\rIlmhub" << endl;
------------natija-------------
Ilmhub 'vashshe' malades π
Topshiriqlar π
- Qiyudagi kod nima chop etadi?
cout << "bexi\ranor\rolma\b" << endl;
- Quyidagi
string
ni C++ da chop eting.
\ /\
) ( ')
( / )
\(__)|
Top comments (2)
πππ
Hey, thanks π