DEV Community

Cover image for cin | C++ boshlang'ich
Wahid Abduhakimov
Wahid Abduhakimov

Posted on

cin | C++ boshlang'ich

cin

Ushbu operator foydalanuvchidan ma'lumotni so'rab uni vaqtinchalik hotiraga saqlash uchun ishlatiladi.

#include <iostream>
using namespace std;

int main()
{
   int yosh;
   cin >> yosh;
   cout << "Siz " << yosh " yoshdasiz!" << endl;
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Yuqoridagi kodni taxlil qilamiz:

  • int butun sonlarni saqlab turish uchun xotiradan joy beradi va hotira variable(o'zgaruvchi deb ataladi)
  • yuqorida int yosh; degani hotiradan bitta butun son sig'adigan joy beriladi va uni yosh deb nomlanadi. Bu xotiraga endi istalgan butun son joylash mumkin.
  • cin >> yosh; esa console'dan bitta butun son o'qiydi va u sonni yosh nomli o'zgaruvchiga saqlaydi.
  • keyinigni qatorda yosh nomli o'zgaruvchini qiymati cout komandasi ichida chop etilyapti.

Bir nechta ma'lumotni o'qish

cin komandasi orqali bir nechta o'zgaruvchiga qiymatlarni tengdaniga o'qish mumkin.

int yosh;
float vazn;
char baho;

cin >> yosh >> vazn >> baho;

cout << "Yosh = " << yosh << endl;
cout << "Vazn = " << vazn << endl;
cout << "Baho = " << baho << endl;
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Yuqoridagi kodga 18 70.5 A degan ma'lumotni kiritib tekshirib ko'ring.

Topshiriqlar 🎖

  1. 2-9 oraliqdagi biror raqam kiritilganda o'sha raqamning karra jadvalini chop etadigan dastur yozing.

O'zingizni sinab ko'ring


Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Top comments (0)